Breaking News

Bush: AQSh Gruziya erkinligini himoya qilishga tayyor


AQSh rahbari Oq Uyda Davlat kotibasi Kondoliza Rays va Mudofaa vaziri Robert Geyts hamrohligida bayonot berib, Rossiyani jahon ahli oldida bergan va'dasida turishga va Gruziyada harbiy harakatlarni bas qilishga chaqirdi.

Gruziya prezidenti Mixail Saakashvili va tinchlik yo'lida vositachilik qilayotgan Fransiya prezidenti Nikolya Sarkozi bilan telemuloqot qilgan Bush Rossiya har qanday yurishni to'xtati, qo'shinlarini orqaga, 6 avgustgacha bo'lgan pozitsiyaga qaytarsin deya talab qildi.

Kondoliza Rays Fransiyaga, so'ngra Gruziyaga safarga otlanmoqda. AQSh dunyo erkinligi yo'lida "Gruziya erkinligini himoya qilish uchun tayyor",- dedi Bush.

XS
SM
MD
LG