Breaking News

Pokiston yangi prezidentni saylashga tayyorlanmoqda


Pokiston Markaziy saylov komissiyasi prezident saylovlarini 6 sentyabrga belgilagan.

Nomzodlar kelasi haftagacha ro’yxatdan o’tishi zarur.

Pokiston Xalq Partiyasi rahbari, sobiq bosh vazira Benazir Bxuttoning turmush o’rtog’i Osif Ali Zardariy prezidentlikka da’vogar.

Bu saylovlar koalitsion hukumat uchun sinov bo’ladi.

Koalitsion hukumat oldida qator muammolar turibdi.

Kelasi hafta Pokiston parlamenti ishdan bo’shatilgan sudyalar masalasini ovozga qo’yadi.

Sobiq prezident Parvez Musharraf o’tgan yili 40 dan ziyod sudyani ishdan bo’shatgan.

Pokistonning AQShdagi elchisi Husayn Haqqaniy ta’biricha, Musharraf o’zini qonundan ustunman, bu tartib-qoidalar menga taaluqli emas, deb o’ylagan.

Musulmonlar Ligasi rahbari Navoz Sharif sudyalar lavozimga qaytarilmasa, koalitsion hukumat tarkibidan chiqishini aytmoqda.

Koalitsion hukumat parchalansa, yadro quroliga ega bu davlatda beqarorlik yanada avj olishi mumkin. Elchi Haqqaniy Pokiston siyosiy tizimi zaif ekanini tan oladi.

Pokiston koalitsion hukumati demokratik davlat qurish uchun birga ishlashi zarur, deydi u. Harbiylar va siyosatchilar o’rtasidago adovatni tugatish mumkin. Harbiy qo’zg’olon natijasida kelgan rahbar o’z ixtiyori bilan ishdan bo’shadi. Bunaqasi hali Pokiston tarixida bo’lmagan, deydi elchi.

Terrorizmga qarshi kurashda Parvez Musharraf AQShning yaqin sherigi edi. Pokiston Bosh vaziri Yusuf Rizo G’iloniy Al-Qoida va Tolibonga qarshi kurash davom etadi demoqda.

AQShning Janubiy va Markaziy Osiyo bo’yicha bosh diplomati Richard Boucher Vashington yangi hukumat bilan ishlashga tayyor deydi. “Demokratik ravishda yangi prezident saylanadi va koalitsiya xalq farovonligi yo’lida ishlay boshlaydi deya umid qilamiz”,- deydi Boucher.

XS
SM
MD
LG