Qirg'izistondagi havo halokatida qariyb 70 kishi nobud bo'lgan


Qirg’iziston xalqi 24 avgust kechasi yuz bergan havo halokatida nobud bo’lgan insonlarga motam tutmoqda.

O'lganlar soni qariyb 70 nafar va rasmiylarning aytishicha, bu raqam hali yana oshishi mumkin.

Prezident Kurmanbek Bakiyev voqeani "mustaqil Qirg’iziston tarixidagi eng dahshatli fojialardan biri",- deya qayd etgan.

Tehronga yo’l olayotgan Boeing-737 rusumidagi samolyot yakshanba kechasi Bishkek yaqinida qulab, ichidagi 90 kishidan aksariyati halok bo'lgan.

Passajirlardan 24 nafari Qirg’iziston fuqarosi bo'lgan. 52 nafari eronlik. Qolganlar esa Qozog’iston, Xitoy, Turkiya va Kanadadan deydi rasmiylar.

Halokatga texnik muammolar sabab bo’lgan. Uchuvchi qo’nishga harakat qilgani ma’lum.

Hukumatning bildirishicha, AQShning Manas havo bazasida joylashgan harbiy kuchlari yong’inni to’xtatish va tibbiy xizmat ko’rsatishda yordam bergan.

Halokatga uchragan samolyot 1979 yilda ishlab chiqarilgan.

Xavfsizlik talablariga javob bermagani bois uning Yevropa Ittifoqiga uchishi man etilgan.

Qirg’iziston rasmiylarining ta'kidlashicha esa "Itek Air" aviakompaniyasiga tegishli bu vosita bir necha kun avval tekshiruvdan o’tganida uchishga yaroqli ahvolda deb topilgan.

XS
SM
MD
LG