Ayni damda dunyoning 12 nuqtasi notinch


Xalqaro bo’hronlarni o’rganuvchi tashkilot (International Crisis Group) dunyoning 12 burchagida vaziyat yanada og’irlashgani haqida ogohlantirmoqda - Afg’oniston, Jazoir, Boliviya, Markaziy Afrika Respublikasi, Kongo Demokratik Respublikasi, Fiji, Gruziya, Kashmir, Mavritaniya, Filippin, Somali va Sudan.

Bu mamlakatlar qurolli mojarolar iskankasida va tinchlikka erishish uchun harakat sust deya tahlil qiladi xalqaro tashkilot.

Nepal o’tgan oylar ichida inqirozdan chiqib, barqarorlashib bormoqda. Monarxiyadan voz kechib, demokratik tuzumga o'tar ekan, Janubiy Osiyoning bu qismida tinchlik ravnaq topa boshlagan.

Xalqaro bo’hronlar bo’yicha tashkilot nazarida Markaziy Osiyoda Qirg’iziston, Tojikiston va O’zbekistonda siyosiy-ijtimoiy avhol o’zgarmagan, ya’ni hech qanday siljish kuzatilmagan.

XS
SM
MD
LG