AQSh: Gruziyaga harbiy emas, iqtisodiy yordam beriladi


AQSh vitse-prezidenti Dik Cheyni (Dick Cheney) Tbilisida Gruziya prezidenti Mixail Saakashvili bilan muloqot qilgan. Cheyni fikricha Rossiya, Gruziyaning hududiy yaxlitligiga tahdid solib, uning chegaralarini o’zgartirishga urinmoqda.

Kecha Bokuda Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashgan AQSh vitze-prezidenti Dik Cheyni bugun Gruziya rahbari Mixail Saakashvili bilan muloqoti chog’ida bu mamlakatning NATOga a’zo bo’lib kirishiga yordam beramiz deya yana bir bor ta’kidladi.

Cheynining Ozarbayjon, Gruziya va Ukrainaga safaridan asos maqsad ularni Rossiya bosimiga qarshi quvvatlash.

Bush ma’muriyati, Rossiya bilan urushda katta zarba yegan Gruziya iqtisodiyotini tiklash uchun jami bir milliard dollarlik yordam ko’rsatadi.

AQSh Davlat kotibasi Kondoliza Rays (Condoleezza Rice) nazarida Rossiya Gruziyaning demokratik tuzumini barbod qila olmadi.

"Bu mamlakatga urush ochib",- deydi Rays. "Kreml yirik xalqaro muassasalarga qo’shilish imkoniyatlarini cheklab qo’ydi".

“Rossiya maqsadiga erisha olmadi, Gruziyada hali ham demokratya hukmron. Rossiya hukumati Gruziya tarkibidagi Janubiy Osetiyada va Abxaziya mustaqilligini tan olganiga qaramay xalqaro jamoatchilik Gruziyani qo’llab-quvvatlaydi”,- deydi AQSh Tashqi ishlar vazirasi.

Amerika rasmiylarining aytishicha Tbilisiga beriladigan yordam paketi faqat iqtisodiy maqsadlarni ko’zlaydi. 1 milliard dollarning 570 millioni shu yil oxirigacha berilsa, qolgani AQShning yangi rahbariyari tomonidan topshiriladi, deydi Kondoliza Rays.

4 noyabrda Amerika yangi prezident uchun ovoz beradi. "AQSh Kongressidagi respublikachi va demokratlar Gruziyaga nisbatan siyosatdan hamfikr", - deydi davlat kotibasi.

Rossiya Vashingtonni Gruziyadagi mojarolar ortida turganlikda, Saakashvilini ko’r-ko’rona quvvatlayotganlikda ayblar ekan, AQShning Kavkaz masalalari bo’yicha bosh diplomati Metyu Brayza (Matthew Bryza) "Kreml tanqidlari asossiz" deydi.

"Gruziya Janubiy Osetiya ma’muriy markazi Sxinvaliga hamla qilib xato qilgan. Buni tan olamiz. Lekin urushga Rossiyaning bu mintaqada olib borayotgan noqonuniy siyosati sabab bo’ldi. Rossiya harbiylari himoyasidagi Janubiy Osetiya provakatsiyaga berilib, Gruziyani harbiy harakat boshlashga majbur qildi”, - deydi AQSh diplomati.

Uning aytishicha, Janubiy Osetiya rahbariyati va harbiy qo’mondonlari Rossiya tomonidan tayinlangan odamlardir.

Kreml AQShni Gruziya armiyasini qayta oyoqqa turg’azayotganlikda va harbiy yordamni oshirayotganlikda tanqid qilmoqda. Metyu Brayza buni rad etmoqda.

XS
SM
MD
LG