Breaking News

Turkiya, Armaniston aloqalarni normallashtirishga tayyor


Turkiya va Armaniston rahbarlari o’rtadagi adovatni unutib, o’zaro munosabatlarda yangi sahifa ochishga so’z bermoqda.

Turkiya prezidenti Abdulla Gul Armaniston taklifi bilan futbol matchini tomosha qilish uchun Yerevanga tashrif buyurgan.

Armaniston rahbari Serj Sarkisyan “o’rtadagi muammolarni kelajak avlodga qoldirmaydik” deydi. Abdulla Gul nazarida do’stona aloqalar Kavkaz mintaqasida tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash uchun zamin yaratadi.

Turkiya rahbarini Yerevanda yuzlab namoyishchi qarshi olgan. Ikki mamlakat 15 yildan beri diplomatik aloqa yuritmaydi.

O’rtadagi eng ziddiyatli masala - o’tgan asr boshida usmoniy turklar tomonidan minglab armanlarning qirilgani va bu voqea yuzasidan bahslardir. Armaniston nazarida bu genodtsid deb tan olinishi kerak. Turkiya esa buni keskin rad etib, 1915-1923 yillar oralig’ida yuz bergan qatliom Usmoniylar imperiyasining yemirilishi bilan bog’liq deb keladi.

Armaniston Genotsid Muzeyi direktori Hayk Demoyan Turkiya prezidentining tarixiy tashrifini olqishlaydi.

“Armaniston olib borayotgan kurash Turkiya xalqiga qarshi qaratilmagan, balki genotsid qurbonlari va jabrdiydalari huquqini himoya qilish va tiklash yo’lidagi global harakatdir. Turkiya va Armaniston murosaga kelishi kerak”, - deydi Demoyan.

Turkiya muxolif partiyalari prezident Abdulla Gulning tashrifini Turkiyaga va uning yaqin ittifoqchisi Ozarbayjonga nisbatan xoinlik deya baholab, uni tanqid qilmoqda. Ozarbayjon hududida joylashgan, ammo armanlar yashovchi Tog’li Qorabog’ hududi 1988 yilda mustaqillik e’lon qilgani 6 yillik urushga sabab bo’lgan edi.

Yerevan ko’chalarida Turkiya rahbarining tashrifiga munosabat turlicha. Ayrimlar ikki davlat normal aloqalarga o’tishi lozim deb hisoblaydi.

XS
SM
MD
LG