AQSh: O'zbekistonda diniy ahvol yaxshilanmagan


AQSh Davlat departamenti nazarida Shimoliy Koreya, Eritreya hamda Eron diniy erkinlikni bo’g’ayotgan davlatlardir. Bu ro’yxatdan Birma, O’zbekiston, Saudiya Arabistoni, Xitoy va Sudan ham o’rin olgan.

AQSh Davlat departamenti yillik hisobotlarini, Kongress qarori bilan, 1998 yildan beri nashr qilib keladi. Bu yili 198 mamlakatdagi diniy ahvol yoritilgan.

Vietnam, Turkmaniston, Iroq va Iordaniyada ahvol biroz yaxshilangani qayd etilgan. Bu mamlakatlar hukumatlari fuqarolarning erkin e’tiqod qilishi uchun ayrim cheklovlarni bekor qilgani, bag’rikenglikni targ’ib qilayotgani aytiladi.

AQSh Davlat departamentiga ko’ra, sakkiz mamlakatda diniy erkinlik hamon qattiq bosim ostida. Bular – Birma, Xitoy, Eritreya, Eron, Shimoliy Koreya, Saudiya Arabistoni, Sudan va O’zbekiston. O’tgan yili ham xuddi shu davlatlar qora ro’yxatdan o’rin olgan edi.

Davlat departamentining diniy erkinlikni kuzatuvchi vakili Jon Xenford Eronda shia bo’lmagan diniy oqimlar, jumladan baxay, so’fiy va nasroniylar kuchli nazorat ostida deydi. Mamlakatda boshqa dinga o’tish jinoyat hisoblanadi.

“Eng yopiq jamiyatlardan biri, Shimoliy Koreyada e’tiqod erkinligi bilan bog’liq vaziyat nihoyat og’ir ahvolda”, - deydi Xenford. Diniy ayblovlar bilan qamalganlar soni taxminan 200 ming kishini tashkil qiladi.

Saudiya Arabistonida diniy erkinlik bobida oz bo’lsa-da ijobiy siljishlar kuzatilgan, biroq “alohida tashvishga molik davlatlar” ro’yxatidan chiqarish uchun yetarli asos yo’q.

XS
SM
MD
LG