Breaking News

Rossiya va AQSh hamkorlikni davom ettirishga kelishib olgan


Rossiya va Qo’shma Shtatlar Kavkazdagi urush yuzasidan bir fikrda bo’lmasa-da, Eron va Shimoliy Koreya yadro dasturi borasida hamkorlikni davom ettiradi.

AQSh Davlat kotibasi Kondoliza Rays va Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov kecha Nyu-Yorkda uchrashib, shunga kelishib olgan.

Tomonlar Janubiy Osetiyadagi urush yuzasidan achchiq so’zlar almashsa-da, kechagi muloqot do’stona ruhda o’tgan.

Tehronni uranni boyitishni to’xtatishga ko’ndirish muhim ekani va Eronga siyosiy imtiyozlar berish mumkinligi, qolaversa Mahmud Ahmadinajod taklifga yo’q desa, bu mamlakatga qarshi yana bir sanksiya qo’yilishi ehtimoli haqida so’z ketgan.

AQSh Davlat kotibi muovini Daniel Frid so’zlariga ko’ra, Rossiya va

Qo’shma Shtatlar Eron masalasida faol harakat qilish niyatida.

“Muammoni tinch yo’l bilan hal qilish mumkin,” - deydi Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov. Shimoliy Koreya yadro dasturini tugatish, Eron yadro tadqiqotlari zararsiz ekanini aniqlash – ustivor maqsad.

Lavrov fikricha, G’arb, ayniqsa, AQSh Janubiy Osetiyadagi urush va Gruziya tutgan yo’lga xolis baho bermayapti. Rossiya hududni agressordan himoya qildi, deb hisoblaydi Lavrov.

Biroq AQSh nazarida Gruziyaga bostirib kirib, davlatni bo’lib tashlashga Rossiyaning haqqi yo’q edi. Moskva katta xatoga yo’l qo’ydi, deydi AQSh Davlat kotibi muovini Daniel Frid.

XS
SM
MD
LG