Breaking News

Yevropa davlatlari inqirozdan chiqish masalasida turlicha fikrda


AQSh prezidenti Jorj Bush moliyaviy inqirozdan o'tib olamiz deya ishonch bildirmoqda.

"Iqtisodiyotga kiritalayotgan 700 milliard dollar sarmoya qimmatbaho qog'ozlar bozorini barqarorlashtiradi, vaziyatni o'nglashga yordam beradi", deydi Bush.

Moliyaviy inqiroz Yevropa davlatlarini ham chetlab o'tgani yo'q. Fransiya, Germaniya, Italiya va Britaniya rahbarlari Parijda uchrashib, o'z davlatlarining bank-moliya sektoriga ko'maklashishga kelishib olgan. Ammo hech qanday hujjat imzolanmagan.

"Yevropa Ittifoqining har bir a'zosi o'z iqtisodiy salohiyatiga qarab hamda qo'shnilar bilan kelishgan holda ish tutadi", - deydi Fransiya prezidenti Nikolya Sarkozi.

Yevropa Markaziy Banki va Yevropa Komissiyasi banklar ustidan nazoratni kuchaytirish hamda subsidiyalarga doir qoidalarni vaqtincha susaytirishga rozilik bergan.

Sammit oldidan Xalqaro Valyuta Jamg'armasi Yevropa rahbarlarini kollektiv reja bilan chiqishga chaqirgan edi, ammo har bir davlat o'zi mustaqil chora ko'rsin deb chiqayotgan Germaniya maxsus fond tuzish taklifiga ko'nmagan.

Yevropa Sarmoya Banki kichik va o'rta bizneslar uchun 44 milliad dollar ajratmoqda.

Tahlilchilar izohicha, 27 a'zoli Yevropa Ittifoqi iqtisodiy masalalarni hal etishda odatda birgalikda harakat qiladi, biroq inqiroz bilan yuzlashganda ittifoq a'zolari mustaqil siyosat yuritishga urinayotgani ko'zga tashlanmoqda.
XS
SM
MD
LG