Qirg'izistonda zilzila 74 kishini o'ldirgan, bir qishloq vayron bo'lgan


Qirg’iziston, O’zbekiston va Tojikiston hududlari kesishgan mintaqada yuz bergan zilzila Nura degan qishloqni butunlay vayron qilgan.

74 kishi halok bo’lgani va 100 dan ortiq odam jarohat olgani ma’lum.

Qirg’izistonning Favqulodda holatlar bo’yicha vaziri Qamchibek Toshiyevning aytishicha qidiruv ishlari davom etmoqda va zarar ko’lami aniqlanmoqda.

Zilzila 5 oktabr, yakshanba kuni, kechasi Rixter shkalasida 6,6 balda ro’y bergan. Rossiya insonparvarlik yordami ko’rsatayotganini bildirmoqda. Bugun yuqoridagi kabi yer qimirlashi Tibetda ham kuzatilgan. Qancha odam jabr ko’rgani aniq emas.

XS
SM
MD
LG