Breaking News

Ozarbayjonda prezident Ilhom Aliyev ikkinchi muddatga saylandi


Ozarbayjonda o'tgan prezident saylovlarida mamlakatning amaldagi rahbari Ilhom Aliyev ikkinchi besh yillik muddatga saylandi. Ozarbayjon Markaziy Saylov Komissiyasi raisi Mazohir Panohovning aytishicha, Aliyev uchun saylovga chiqqan fuqarolarning 89,4 foizi ovoz bergan. Jami saylovlarda ovoz berish huquqiga ega ozarbayjonliklarning 77 foizi ishtirok etgan. Bir necha muxolif partiya boykot qilgan poygada yetti nomzod qatnashgan.

Ozarbayjonga 400 nafar kuzatuvchi yuborgan Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti saylovlar bo'yicha dastlabki xulosasini payshanba kuni e'lon qiladi. Saylovlarda jami 47 ming kishi kuzatuvchilik qilgan, ulardan 1258 nafari 59 mamlakat vakili.

XS
SM
MD
LG