Makkeyn va Obama xorijga qanday qilib yordam bermoqchi?


Amerikada prezident saylovlari yaqinlasharkan, poyga qizg’in pallada. Nomzodlar – demokrat Barak Obama va respublikachi Jon Makkeyn chet davlatlarga yordam berish masalasida turlicha qarashga ega.

Makkeyn va Obama bir narsada hamfikr – hamkor davlatlarga yordamni ayamaslik kerak. AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi – USAID chet elga beriladigan beg’araz va insonparvarlik yordami uchun mas’ul.

Har yili AQSh turli davlatlarga o’nlab milliard dollar moliya ajratadi. USAID, masalan, O’zbekistonda 1992 yildan bugungacha 300 million dollardan oshiq mablag’ ajratgan. O’tgan bir yil ichida 13 million dollardan ziyod.

Tahlilchi Trevor Kek fikricha AQSh hukumati qoshida 12 departament, 25 agentlik va 50 dan ziyod mayda idoralar bo’lsa, ularning barchasi xorijga yordam berish bilan band. Ammo kim nima qilayotganini bilish qiyin.

Jon Makkeyn ko’mak yetkazuvchi tizimni isloh qilish kerak deydi.

Barak Obama esa alohida vazirlik yaratishni taklif qilmoqda. Uning fikricha Amerika tibbiyot va ta’lim hamda qishloq xo’jaligi sohasida yordamni oshirishi kerak.

Jon Makkeyn esa Demokratik Davlatlar Ligasi tuzish taklifi bilan chiqmoqda.

Tahlilchi Bret Sheferning tushuntirishicha Makkeyn xalqaro liga tuzib, Birlashgan Millatlar Tashkilotiga raxna solmoqchi emas.

Liga demokratiya va qonun ustuvorligini ta’minlash va gumanitar yordam bilan shug’ullangan bo’lardi, deydi u.

Hozircha nomzodlarning taklif-u tashabbusi faqat qog’ozda.

XS
SM
MD
LG