Amerikada yoshlar saylov natijasini hal etishi mumkin


Amerikada bu yilgi saylov natijasini yoshlar hal etishi mumkin. Ovoz berishga ularning har qachondan ham ko’proq sonda kelishi kutilmoqda.

Nomzodlar - demokrat Barak Obama va respublikachi Jon Makkeyn 18-30 yosh orasidagi fuqarolarga diqqatni qaratmoqda. Ular Amerikada 40 milliondan oshsa, 2004 yilgi saylovda bu yoshlarning atigi yarmi ovoz bergan.

Amerikada bu yilgi saylov natijasini yoshlar hal etishi mumkin. Ovoz berishga ularning har qachondan ham ko’proq sonda kelishi kutilmoqda.

Nomzodlar - demokrat Barak Obama va respublikachi Jon Makkeyn 18-30 yosh orasidagi fuqarolarga diqqatni qaratmoqda. Ular Amerikada 40 milliondan oshsa, 2004 yilgi saylovda bu yoshlarning atigi yarmi ovoz bergan.

Oq Uy uchun kurash so’nggi bosqichga kirar ekan, yoshlarni o’z tomoniga og’dirish nomzodlar uchun dolzarb vazifa.

300 million aholilik AQShda 18- 30 yosh orasidagi fuqarolar 40 millionni tashkil etadi.

Barak Obama va Jon Makkeyn uchun bu avlod vakillari - bebaho saylovchilar.

Jorjtaun Universiteti talabasi Jeyson Starrning aytishicha, yoshlar hozirgi vaziyatdan charchagan, o’zgarish istaydi.

“Nafaqat siyosatda, balki butun boshli tizimda o’zgarish bo’lishini xohlaymiz. Bu yoshlarning asosiy tilagi", - deydi u.

Yaqinda o’tkazilgan ommaviy so’rov natijalariga ko’ra, yoshlarning 51 foizi Barak Obamani, 32 foizi esa Jon Makkeynni quvvatlamoqda.

Saylovgacha vaqt bor ekan, ovoz uchun kurash ham davom etyapti.

Aleksandra Eykers Amerika Yosh Demokratlari degan tashkiloti rahbari. Uning fikricha yosh avlod bugungi ta’lim tizimi, xususan o’qish bahosi oshib borayotganidan norozi.

“Yoshlarning aksariyati tibbiy sug’urtasiz yashaydi. Sog’liqni saqlash xarajatlari qimmatlashar ekan, xavotirga tushmay iloj yo’q. Yoshlar, shuningdek, Iroq urushidan ham charchagan.”

Yosh demokratlar urushni tezroq tugatish tarafdori, deydi Eykers.

Lezli Rutlij esa yosh respublikachilar vakili.

Jon Makkeyn taklif qilayotgan siyosat AQSh uchun eng ma’qul yo’l, deya tushuntiradi bu faol.

“Biz yurtdoshlarimiz, urushda qatnashayotgan tengqurlarimiz boshlagan ishni oxiriga yetkazib, vatanga g’alaba va g’urur bilan qaytishini istaymiz”, - deydi.

Yana bir talaba Jimmi Rollins nazarida aslida har ikki nomzod yoshlarni juda ruhlantirib yuborgan.

“Obama o’zgarish taklif qilmoqda. Makkeynning maqsadi ham bundan yiroq emas. Shu bois yoshlar ularga ergashmoqda.”

Yoshlar ko’ngliga yo’l topishda esa Internet juda qo’l kelmoqda. “Facebook” va “MySpace” kabi tarmoqlar bugun yoshlar fikr almashadigan maydon.

Yosh avlod hayotni Internetsiz tasavvur qila olmaydi. Shu bois bu vosita

bugun asosiy propaganda quroli, deydi yosh demokrat Toni Kani.

“Televideniye orqali berilayotgan siyosiy reklamalarning ta’siri kuchli, albatta. Biroq yoshlar ko’proq o’z do’st va tengdoshlariga ishonadi. Talabalar , dugonalar, og’aynilar, xullas, qaysi yosh amerikalikka qaramang, o’z qarashini Internetda bayon etadi va boshqalarni ham o’z tarafiga undaydi”, - deydi u.

Siyosatdonlar nazarida faqat yoshlarga tayanish nomzodlar uchun xato bo’ladi. Yoshlar bunga qo’shilmaydi.

XS
SM
MD
LG