AQSh: O'zbekistonda qamoqdagi faollar ozod etilsin


Qo’shma Shtatlar nazarida O’zbekistonda mustaqil journalist Solijon Abdurahmonov va huquq faoli A’zam Turg’unov nohaq ravishda qamoqqa hukm qilingan.

Davlat departamenti O’zbekiston hukumatini ularni ozod etishga chaqirmoqda.

Tovlamachilikda ayblangan A’zam Turg’unov qamoqda qiynoqqa solingan bo’lishi mumkin.

Ayblanuvchi Qoraqalpog'istonda 23 oktabr kuni 10 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Avtonom respublikaning yana bir fuqarosi Solijon Abdurahmonov esa qoradori savdosida aybdor deb topilib 10 yilga qamoqqa tashlangan.

Huquq himoyasi bo’yicha xalqaro tashkilotlar bu insonlar amaldagi siyosatni tanqid qilgani uchun javob bermoqda deydi.

Amerika O’zbekiston rahbariyatiga xalqaro normalarni buzmaslik va inson huquqlarini, xususan so'z va matbuot erkinligini e'zozlash shartini eslatmoqda.

Rasmiy Vashington nazarida yuqorida tilga olingan insonlarning sud jarayoni adolatsiz o'tgan.

XS
SM
MD
LG