Umumjahon inson huquqlari deklaratsiyasi 60 yoshda


Bugun Umumjahon inson huquqlari deklaratsiyasi qabul qilinganining 60 yilligi nishonlanmoqda. AQSh prezidenti Jorj Bush Oq Uyda Sudanning Darfur mintaqasi, Xitoy, Birma, Kuba, Belarus va Eron faollari bilan uchrashmoqda.

Turkmanistonda esa 12 yilga qamalgan ijtimoiy faol Valeriy Pal amnistiyaga tushib ozodlikka chiqqan. Inson huquqlari bilan shug’ullanuvchi Human Rights Watch tashkiloti Turkmaniston hukumatining bu qarorini olqishlamoqda. O’tgan hafta prezident amnistiyasiga ko’ra 400 ga yaqin mahbus ozodlikka chiqqan. Valeriy Pal o’zi ishlagan neftni qayta ishlash zavodidan uskunani o’g’irlash aybi bilan qamalgan edi. Ammo kuzatuvchilarga ko’ra ijtimoiy huquq faoli aslida siyosiy sabablarga ko’ra qamoqqa tashlangan edi.

Qo’shma Shtatlar o’tgan hafta Rossiya xavfsizlik kuchlari tomonidan Sankt-Peterburgdagi inson huquqlari guruhi idorasida reyd o’tkazilgani bo’yicha tashvish bildirmoqda.

Davlat departamenti matbuot kotibi Shon Makkormakning aytishicha, hukumat “Memorial” tashkiloti faoliyatiga to’siq qo’ymasligi va uning reyd davomida musodara etilgan mulkini qaytarishi lozim. Guruh a’zolariga ko’ra tashkilot idorasidan muhim arxiv materiallar va texnika olib chiqilgan.





XS
SM
MD
LG