Breaking News

AQSh Afg'onistonda yangi mudofaa dasturini sinaydi


AQSh Mudofaa vazirligi – Pentagon Afg’onistonda yangi dastur boshlamoqda.

Maqsad – mahalliy aholini ogohlikka chaqirish va ularni vatan mudofaasi uchun mas’uliyatni his qilishga chaqirish. Bu dastur avval Iroqda qo’llangan va xavfislikni ta’minlashda ish bergan.

Pentagon matbuot kotibi Brayan Vitman ta’biricha, loyiha Afg’onistonda tinchlik o’rnatishda qo’l keladi.

Oddiy xalq ziyrak tortishi uchun xizmat qiladi.

Tashabbus Afg’oniston hukumati tomonidan ilgani surilgan. U dastlab Kobul atrofidagi hududlarda, jumladan, Vardak viloyatida sinaladi. So’nggi paytlarda Tolibon bu yerda ancha faol.

Brayan Vitman deydiki, dastur doirasida aholi va hukumat o’zaro axborot almasha boshlaydi, o’zaro ishonch ortadi. Tuman va viloyatlar, hokimiyatlar birga ishlasa, davlatni boshqarish ham oson bo’ladi, deydi Pentagon rasmiysi.

Hozircha bir necha o’n kishidan iborat mahalliy guruh tuzish rejalangan. Tashabbus ish bersa, ko’proq odam yollanadi.

O’xshash loyiha Iroqda ham qo’llangan, 100 mingdan ziyod odam, jumladan, sobiq jangarilar jalb qilingan edi. Ular nazorat-tekshiruv punktlarida, mahalliy politsiya stansiyalarida ishlagan. Hozir bu guruh “Iroq o’g’lonlari” nomi ostida ma’lum.

Mohiyati shundaki, avval dushman bo’lgan kuchlar endi hukumat bilan muloqot qila boshlaydi. Afg’onistonda jamoatchi guruhlarni qurol-aslaha bilan ta’minlash ehtimoli ham ko’rib chiqilmoqda, biroq Pentagon buni tasdiqlamagan. Ba’zilar nazarida odamlarga qurol berilishi fuqarolik urushini avj oldirish mumkin.

XS
SM
MD
LG