AQSh generali Qozog'istonda muzokara olib bormoqda


AQSh Markaziy Qo'mondonligi rahbari general Deyvid Petreus Ostonaga safar qilib, Qozog'iston rahbariyati bilan harbiy hamkorlik borasida so'zlashmoqda.

Rasmiylarning aytishicha AQSh mintaqaning ayrim nuqtalaridan Afg'onistonga NATO yukini tashish maqsadida foydalanmoqchi.

Qozog'iston Afg'oniston bilan chegaradosh bo'lmasa-da, tranzit markazi sifatida xizmat qilishi mumkin.

Rasmiy Ostona Amerika bilan ketayotgan harbiy muloqot haqida ma'lumot bermagan.

Petreusning Tojikistonga ham safar qilishi kutilmoqda.

Amerika Qirg'izistonda Bishkek yaqinidagi Manas aerodromida harbiy havo kuchlariga ega.

Afg'onistonda xavfsizlikni ta'minlashni o'z bo'yniga olgan NATO O'zbekiston janubida, Termizda Germaniyaga tegishli bazadan ham qo'llanib keladi.

XS
SM
MD
LG