AQSh generali Toshkentda O'zbekiston rahbari fikrini tinglagan


AQSh Qurolli Kuchlari Markaziy Qo`mondonligi rahbari general Deyvid Petreus O`zbekistonda prezident Islom Karimov bilan uchrashib, Afg'onistondagi vaziyatni muhokama qilgan.

Tashrifdan ko'zlangan asosiy maqsad, rasmiylarning aytishicha, Afg`onistondagi vaziyat bo'yicha O'zbekistonning fikr-takliflarini tinglash bo'lgan.

Petreusning Toshkentga nozik bir paytda safar qildi.

Qo'shni Qirg`iziston AQSh harbiy bazasini mamlakatdan chiqarish ustida o'ylanmoqda. Amerika Manas aerodromida 1000 ga yaqin zobit va harbiy vositalarga ega.

AQShning Toshkentdagi elchixonasiga ko'ra, Petreus O'zbekistonda harbiy baza ochishni so'rash uchun kelmagan.

Elchixona matbuot xizmati vakili Saida Choriyevaning bildirishicha general Petreus xavfsizlik masalalari, xususan Afg`oniston bilan bog'liq muammolar yuzasidan O'zbekiston takliflarini eshitish uchun kelgan.

Islom Karimov AQSh prezidenti Baraka Obamaga umid ko'zi bilan qarayotganini aytib, Afg'oniston muammosini yechishda birinchi navbatda qo`shni davlatlarni jalb etish zarur deya qayd etgan edi.

General Petreus bir oy muqaddam Markaziy Osiyo bo`ylab safari paytida O`zbekistonni chetlab o`tgan edi.

AQSh mintaqa orqali Afg`onistonga harbiy yuk tashish imkoniyatlarini kengaytirmoqchi.

Bu safardan keyin Qirg`iziston Manas aerodromidan AQSh harbiy kuchlarini chiqarishga qaror qildi.

Siyosiy sharhlovchi Farxod Tolipov fikricha:

"Petreus shunday bir iltimos bilan murojaat qilishi mumkin, ya'ni AQSh bazasi "Xonobod" ga qaytib kelmasa ham, uning harbiy kontingenti uchun O`zbekistondagi infratuzilmadan foydalanish imkoniyatini kengaytirish haqida. Bunga erishishi ham mumkin. Termezda Germaniya harbiy bazasi o'z faoliyatini davom ettirib kelmoqda", - deydi Tolipov.

Sharhlovchiga ko`ra O`zbekiston 2008 yil davomida bu masalani obdon o'rganib, bu borada shartnomalar loyihasi tayyorlangan bo`lishi ham ehtimoldan xoli emas

XS
SM
MD
LG