"Amerika Manzaralari" - 5 yil, 300 TV dastur

  • Amerika Ovozi

"Amerika Ovozi" - 45 tilda dunyo bo'ylab axborot ulashuvchi teleradio tizimining ushbu ko'rsatuvi 2003 yildan beri efirda.

2 mart kuni "Amerika Manzaralari" ning namoyish etildi.

Haftalik telejurnal AQShdagi siyosiy, ijtimoiy va madaniy manzarani yoritib boradi.

Maqsad oddiy: Amerika hayotining quvonch va tashvishlari haqida hikoya qilib, bu davlat qabul qilayotgan qarorlarning sizning hayotingizga ta'sirini tahlil qilish.

"Amerika Ovozi" faoliyati uchun Kongress mablag' ajratadi. Tashkilotning vazifasi - so'z va matbuot erkinligi cheklangan jamiyatlarga tezkor, ishonchli va xolis ma'lumot yetkazib turish.

Tanqidiy materiallar uzatgani sabab ko'plab hukumatlar, jumladan O'zbekiston rahbariyati, "Amerika Ovozi" uchun mamlakatda ishlash va bevosita efirga chiqish imkoniyatini bermaydi.

Dastur sun'iy yo'ldosh orqali ASIASAT-2 tizimi 370-kanalda har dushanba Toshkent vaqti bilan 15:30 va 19:30 da namoyish etiladi.

Qirg'izistonda Keremet TVda bevosita tomosha qilish mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG