Rasmiy Seul Pxenyandan do'q-po'pisani bas qilishni so'ramoqda


Janubiy Koreya shimoldagi qo'shnisidan do'q-po'pisani yig'ishtirishni talab qilmoqda. Joriy hafta Shimoliy Koreya uning hududi orqali yoki yonidan uchgan Janubiy Koreyaga qarashli yo'lovchi samoyotlar xavfsizligi kafolatlanmaydi deya ogohlantirgan edi. By bayonot rasmiy Seulni xavotirga solib, ba'zi reyslar yo'nalishi o'zgartirilmoqda.

Janubiy Koreya qo'shni davlatdan bayonotini qaytarib olishni so'ramoqda.

Rasmiy Pxenyan ikki tomonlama ziddiyatlarda janubni ayblab, uning bayonotiga kelasi haftaga rejalangan AQSh-Janubiy Koreya harbiy mashqlari sabab bo'lganini aytadi. Janubiy Koreyada AQShning 28 ming sonli qo'shini bor.

Rasmiy Seulga ko'ra, bu kabi do'q-po'pisalar xalqaro aviatsiya qoidalari va insonparvarlik tamoyillariga zid.

Janubiy Koreya AQShga uchuvchi samolyotlari marshrutini o'zgartirishga qaror qilgan.
Ikki davlat o'rtasidagi shartnomaga ko'ra, Shimoliy Koreya orqali kuniga janubning 14 samolyoti uchadi. Marshurtni o'zgartirish reysning yarim soatga uzayishi va qo'shimcha yonilg'ini sarflashga olib keladi.

Pentagonga ko'ra, bugun AQShning yuqori lavozimli harbiylari shimoliy koreyalik hamkasblari bilan ikkinchi bor uchrashadi. Bu kabi uchrashuv 2002 yildan beri o'tkazilmagan edi.

Pentagon so'zlovchisi Jeff Morellning aytishicha, muloqotning bo'lishi yaxshi, chunki bu o'rtadagi ishonch rishtalarini kuchaytiradi.

XS
SM
MD
LG