AQSh Afg'onistonga tranzit yo'llarini izlar ekan, diqqat - Tojikistonda


Qirg'iziston hukumati AQSh kuchlarini "Manas" bazasidan chiqarish qarorida qat’iy. Rasmiy Vashington qo’shni davlatlar, jumladan, Tojikistonga e’tibor bera boshlagan.

Tojikiston matbuotida tashqi siyosatga oid qator tahliliy maqolalar chop etilgan.

“Tojikistonnng G’arb va NATO bloki bilan hamkorligi mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish va o’lka xavfsizligini ta’milashni ko’zda tutadi. Amerika prezidenti Afg’onistonda harbiy kuchlarni ko’paytirish niyatida, shu bois yaqin hududlarda hamkorlarga ehtiyoj sezadi. Bu o’rinda Tojikiston G’arb uchun yaxshi hamkor bo’lishi mumkin”, - deydi “Varorud” informatsion agentligi tahlilchisi Ne’matullo Mirsaidov.

Lekin, deydi u, Tojikistonda Rossiya harbiy bazasi borligini unutmaslik kerak.

Mirsaidovning aytishicha, ma’lum to’lov evaziga O’zbekiston Amerikani “Xonobod” harbiy bazasiga yana kiritishi mumkin.

Jamiyatshunos Ilhom Yusupov Markaziy Osiyoda Rossiya ta’siri kattaligiga alohida urg’u beradi.

“Amerikaning har qanday harakatlari Rossiyaning 70 yil, 100 yillab qilgan harakatlari oldida hech narsa emas. Markaziy Osiyo xo’jayini Rossiya bo’ladi va bo’lib qolmoqda. Buni hech kim inkor etolmaydi”, - deydi Yusupov.

Ba’zilar fikricha, Markaziy Osiyoda vujudga kelgan sharoitdan rasmiy Dushanbe samarali foydalanshi kerak. Tojikiston G’arbni o’ziga jalb qilishi mumkin, deydi mana bu tahlilchi.

“Tojikiston Afg’onistonda tinchlik o’rnatish yo’lida o’z hududlarini ijaraga berishi mumkin. Tojikiston va Afg’onistonni bog’lovchi yo’l va ko’priklar qurilmoqda, chegara va bojxona o’tish joylari ta’mirlanmoqda – bunda Amerikaning ko’magi katta. Tojikiston hamkorlaridan amaliy natijalarni kutadi. Rossiya singari va’daboz va qog’ozda qoladigan shartnomalar bizga kerak emas”, - deydi siyosatshunos.

Jamiyatshunos Po’latxon Umarov Rossiya bilan ixtilof kuchayishi mumkin degan gaplarga qo’shilmaydi.

“Chunki Rossiya va AQSh prezidentlari juda dono, aqlli insonlar. Ular iqtisodiy-siyosiy tomondan qaysi bir masalada bo’lmasin, xalqaro huquq tamoyillariga mos, aniq va to’g’ri yo’lni tanlaydi”,- deydi Umarov.

XS
SM
MD
LG