Breaking News

Nyu-York: Immigratsiya markazida 13 kishi otib o'ldirilgan


3 aprel kuni Nyu-York shtatida qurollangan shaxs immigratsiya markaziga bostirib kirib, 13 kishini o’ldirgan.

Politsiya berayotgan ma’lumotga ko’ra, voqea joyidan 37 kishi qutqarilgan, jumladan markaziy osiyoliklar.

Voqea Bingamton shahrida, muhojirlarga yordam beruvchi idorada ro’y bergan.

Politsiya rahbari Jozef Zikuskining aytishicha, jinoyatchi – yaqinda ishidan ayrilgan, 42 yoshli vyetnamlik muhojir Jiverli Vong bo'lgan. Hujum so'ngida o'zini o'ldirgan.

Hujum paytida shu markazda ingliz tili darsida o'tirgan 40 muhojir, jumladan o’zbekistonlik Aleks Galkin va qozog’iztonlik Janar To’xtabayeva bino yerto'lasiga yashirinib jon saqlagan. Ma’lumotlarga qaraganda qurbonlar orasida markaziy osiyoliklar yo’q.

XS
SM
MD
LG