Breaking News

Qozog'iston yadroviy energiya ombori bo'lmoqchi


Qozog'iston atom energiyasi zaxiralarini saqlovchi xalqaro inshoot uning hududida barpo etilishiga hozirlik ko'rar ekan, bu qarordan norozi aholi vakillari Almatida namoyishlar boshlagan.

Namoyishchilarning bir nechtasi hibsga olingani haqida xabarlar bor.

Qozog'iston hukumatining bildirishicha, yadroviy yonilg'i ombori BMT tomonidan nazorat qilinadi.

Atom energiyasi bo'yicha xalqaro agentlik ruxsat bergandagina u yerdan biror mamlakatga yonilg'i uzatilishi mumkin.

Qaror tanqidchilari nazarida Qozog'istondek korrupsiyaga botgan va axborot erkinligi ta'minlanmagan jamiyat atom energiyasi saqlashdek muhim vazifani eplashga hali tayyor emas.

Prezident Nursulton Nazarboyev esa yadro qurollari va materiallarining tarqalishiga qat'iyan qarshi ekanini aytib, Qozog'istonda ularga qarshi kurashda oldinda boradi deya ta'kidlamoqda.

AQSh atom energiyasi ombori yaratilishi uchun 50 million dollar hissa qo'shmoqchi.

Eron ham bu borada Qozog'istonni quvvatlamoqda.

XS
SM
MD
LG