Breaking News

Toshkent kollektiv xavfsizlik majlisiga vakil jo'natmadi


Interfaks axborot agentligining xabar berishicha, O’zbekiston hukumati Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti tashqi ishlar vazirlari majlisiga o’z vakilini jo’natmadi.

Tashqi ishlar vazirligi anjumanga borishdan biror foyda yo’q deya bildirgan.

Anjuman Yerevanda 16-17 aprel kunlariga rejalangan.

Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotiga O’zbekiston qatorida Armaniston, Belarus, Qozog’iston, Qirg’iziston, Rossiya, Tojikiston va Rossiya ham a’zo.

Tashkilot raisi Nikolay Bordyujaning aytishicha O'zbekiston bu guruhni tark etmoqchi emas va "buning uchun sabab ham yo'q". Bu borada matbuotda chiqayotgan xabarlar asossiz, deydi u.

Ayrim siyosatdonlar fikricha esa O’zbekiston bu tashkilotdan chiqish taraddudida. Lekin hukumat bu borada biror izoh bermagan.

XS
SM
MD
LG