Emomali Rahmon: Tojikiston informatsion urush qurboni


Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon fikricha ayrim “niyati buzuq guruhlar” internetda ataylab uning davlatiga qarshi kampaniya olib bormoqda.

“Tojikiston informatsion urush qurboni. Davlatimiz mustaqilligini ko’ra olmayotgan badniyat guruhlar xalqaro tarmoqda biz haqimizda turli uydirma gaplar tarqatyapti”, - dedi Rahmon parlamentda qilgan chiqishida.

“Ularning maqsadi”, deydi Emomali Rahmon, “Tojikistonning xalqaro sahnadagi obro’sini tushirish, mamlakatni beqaror qilib ko’rsatish”.

Prezident kampaniya ortida kim turgani haqida gapirmagan. Tojikiston sha’niga dog’ tushirayotgan qanday axborot nazarda tutilayotgani ham noma’lum.

XS
SM
MD
LG