O'zbekistonda bolalar mehnati AQSh Senati diqqatida


AQSh Markaziy Osiyo bilan aloqalarda inson huquqlariga ahamiyatni kuchaytirar ekan, O`zbekistonda bolalar mehnati, ularni majburan dalaga olib chiqish masalasi muhokamada.

Ma'lumotlarga ko'ra AQSh Kongressi qoshidagi Inson huquqlari bo`yicha Xelsinki komissiyasi vakillari O`zbekistonga viza ololmagan.

AQShning Toshkentdagi elchixonasi tasdiqlashicha Xelsinki komissiyasi a'zolarining O'zbekiston fuqarolik jamiyati vakillari bilan rejalashtirilgan uchrashuvi qoldirilgan.

Hukumat viza masalasidagi qaror yuzasidan biror izoh bermagan.

Huquq himoyachisi Surat Ikromov fikricha inson huquqlari masalasida viza cheklovi respublika uchun odatiy bir hol.

"O'zbekiston elchixonasi Xelsinki a'zolariga viza bermaganini izohlamaydi ham. Mana "Xyuman Rayts Uotch" vakili Igor Voronsovni O`zbekistonga kirishi ta'qiqilangan",- deydi huquq himoyachisi.

So'nggi paytda AQSh va O`zbekiston aloqalarida bir qadar iliqlik kuzatildi, ayniqsa xafsizlik, Afg`onistondagi vaziyat yuzasidan hamkorlik masalalarida.

AQSh Senati O'zbekistonda bolalar mehnatidan majburiy foydalanishga doir vaziyatni muhokama qilishga hozirlanmoqda. Bu mavzudagi rezolyutsiya loyihasi 2 aprel kuni Senatning Tashqi aloqalar bo'yicha qo'mitasiga taqdim etilgan.

Rezolyutsiya O`zbekiston hukumatini bolalar huquqlarini kafolatlash uchun aniq choralar ko`rishga va 2009 yildagi vaziyatni kuzatish uchun Xalqaro mehnat tashkilotidan mutaxassis taklif etishga chaqiradi.

O`zbekistonda bolalar huquqlarini kafolatlash haqida qonun qabul qilingan. Xalqaro konvensiya ratifikatsiya qilinib, bolalarni majburiy mehnatga jalb etish ta'qiqlangan.

Biroq o'tgan yilgi paxta mavsumi vaziyatda biror o'zgarish kuzatilmagan. Maktab o`quvchilari ommaviy tarzda paxta terimiga jalb qilingan.

Surat Ikromov nazarida AQSh Senatida bu masala muhokamaga qo'yilishi - ijobiy xabar.

Fermerlarning aytishicha esa qishloq xo`jaligi zarur texnik jihozlar bilan ta`minlanmas ekan yaqin kelajakda bolalar mehnatidan voz kechilishi qiyin.

"Maktabda darslar boshlanib, 10-15 kun o`tgandan keyin o`quvchilar ommaviy tarzda paxta terimiga olib chiqiladi. Bu har doim kuzatiladigan narsa. Respublika bo`yicha paxta plani bajarilmas ekan, ular daladan qaytarilmaydi", - deydi fermer.

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG