Falastin, Isroil va Misr rahbarlari Oq Uyga taklif qilinmoqda


Prezident Barak Obama Isroil, Falastin va Misr rahbarlarini Vashingtonga taklif qilib Yaqin Sharqda tinchlikni tiklash borasida gaplashish taraddudida.

Prezident Obama Isroil, Misr va Falastin rasmiylari bilan alohida suhbat olib boradi. Mintaqa tinchlikdan umidini uzmagan, ammo harakat biroz sust, deydi prezident.

Obama fikricha optimism yetishmayapti. “Odamlarni tushkunlikda olib chiqish kerak, ular ruhini ko’tarib, mashaqqat ortida farovon hayot borligiga ishontirish kerak”, deydi u.

Obama xalqqa “kelajakka ishoning” deyishdan oldin amaliy o’zgarishlar qilish kerakligini tan oladi. Tomonlar gapga ko’nib, murosa haqida o’ylasin, farqlar emas, umummanfaat ustida qayg’ursin, deydi AQSh rahbari.

Qo’shma Shtatlar Isroil va Falastin o’rtasida vositachi bo’lishga, o’rtadagi ixtilofni tugatishga tayyor. AQShning mintaqa bo’yicha maxsus vakili Jorj Mitchell hududda o’z idorasini ochmoqda. Ammo Isroilda yangi hukumat hali o’z pozitsiyasini ochiq bayon qilmagan.
“Isroil hukumati endi ish boshladi”,- deydi Obama.

“Ularga ozgina vaqt beramiz. Har ikki tomon bir-birini tinglay boshlashi uchun ham vaqt kerak”, deydi prezident.

AQSh Falastin davlati barpo etilishi tarafdori. Ammo Isroil yangi hukumati bunga ko’nmasligi mumkin.

XS
SM
MD
LG