Breaking News

Afg'on armiyasi koalitsiyaning har bir operatsiyasida qatnashadi


AQSh admirali Mayk Myullen Afg’onistonning Vardak viloyatida bo’lib, xavfsizlik va tiklash loyihalarini ko’zdan kechirgan. Mullen viloyat hokimi Halim Fidoiy bilan uchrashgan.

Myullen asosiy e’tiborni tinch aholi hayotiga qaratish kerak deydi.

Afg’onistonda koalitsiya hujumlaridan oddiy fuqarolar talofat ko’rmoqda. Pentagon bundan xavotirda. AQSh harbiylari hujumni rejalash, axborot almashish va halokatni tergov qilish usullarini yaxshilash harakatida.

Yaqindan boshlab, deydi Pentagon so’zlovchisi Mishel Flornoy, xalqaro koalitsiya mahalliy armiya yordamidan ko’proq foydalana boshlagan. “Afg’on askarlari harbiy operatsiyaning har bir bosqichida ishtirok etmoqda. Ular mahalliy sharoit va turmushdan yaxshiroq xabardor”,- deydi Mudofaa vazirligi rasmiysi.

Qo’shma Shtatlar Afg’oniston hukumatining ayrim jangarilar bilan muloqot qilish tashabbusini qo’llab-quvvatlaydi. Biroq xalqaro koalitsiya Tolibondan ustun ekanini namoyish etsagina bu muzokara natija berishi mumkin, deydi AQSh rasmiylari.

AQSh Markaziy Qo’mondonligi rahbari Deyvid Petreusning aytisicha, Afg’onistondagi yangi strategiya yil oxiriga borib natija bera boshlashi kerak. Harbiylar soni oshirilmoqda, qo’shimcha mablag’ ajratilmoqda.

Eng muhim vazifa, deydi Petreus, afg’on armiyasini oyoqqa turg’azib, ularni tinchlik saqlovchi asosiy kuchga aylantirish kerak.

XS
SM
MD
LG