AQSh Shimoliy Koreya muzokaraga qaytadi degan umidda


AQShning Shimoliy Koreya bo'yicha maxsus vakili Stiven Bosvortning aytishicha, rasmiy Pxenyanning muzokaralardan chetlashi vaqtinchalik. Shimoliy Koreya yadro qurolini yaratish jarayoniga qaytar ekan, xalqaro hajamiyat bu holga qarab turmaydi, deydi Seulga borgan AQSh diplomati.

Shimoliy Koreya matbuotiga ko'ra, AQShning unga nisbatan yovuz siyosati Obama prezident bo'lgach ham o'zgarmagan, demak mamlakat yadro dasturini rivojlantirishda davom etishi lozim.

Raketa sinoviga nisbatan Birlashgan Millatlar Tashkilotida keskin tanqidga uchragan Shimoliy Koreya bir necha hafta burun xalqaro inspektorlarni haydab, o'tgan yili ishdan chiqarilgan asosiy reaktor qaytadan ishga tushishini ma'lum qilgan edi. Foydasiz muzokaralarda ortiq qatnashmaymiz va raketa sinovlarini to'xtatmaymiz, deydi Pxenyan.

AQSh maxsus vakili Stiven Bosvortning aytishicha, shunday bo'lgan taqdirda jahon hamjamiyati jim turmaydi. Yanada keskin choralar ko'riladi, deydi u.

Muloqot uchun eshik ochiq, deydi Bosvort.

"Shimoliy Koreya bilan ikki tomonlama aloqa asosida ham muloqot qilishga tayyormiz, biroq bu ko'p tomonlama muzokarani kuchaytirish uchun talab etilsa," deydi u.

Bosvortning aytishicha, Qo'shma Shtatlar Shimoliy Koreyaga dushman sifatida qaramaydi.

"Prezident Obama muammolarni muzokara va muloqot orqali hal qilish haqida bir necha bor so'zlagan. Buni yovuz siyosat deb bo'lmaydi," deydi Bosvort.

AQSh diplomati dushanba kuni Yaponiyada bo'ladi.

XS
SM
MD
LG