Odam savdosi – bugunning yirik fojeasi


Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Xalqaro Migratsiya tashkiloti nazarida odam savdosi – eng yirik uyushgan jinoyatchilik tizimi.

Har yili dunyo bo’ylab mir millionga yaqin kishi qullikka sotiladi.

Uning qurbonlari asosan xotin-qizlar va ularning aksariyati jinsiy maqsadlarda, ko’p hollarda fohishalikka pullanadi.

Qulchilikka qarshi kurash har bir insonning burchi, deydi mutaxassislar.

Odam savdosi insoniyat uchun yangilik emas. Jahon bo’ylab kuzatiladi. Ekspluatatsiya, jinsiy zo’ravonlik va qulchilik bir-biri bilan bog’liq.

Urush avj olgan hududlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi tabiiy holdek qaraladi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti hisobicha odam savdosi qurbonlarining 20 foizi bolalar. Ko’pi jangarilikka majburlanadi.

Bu insonlar kimningdir mulki, ular egasiga tobe, deydi muammo bilan tanish Svani Xant.

“Ahvol dahshatli… Siyosatchilarimiz bu masalaga e’tibor bermayapti. Bu katta xato”.

Agar, deydi bu sobiq diplomat, Vashington inson savdosiga qarshi jiddiy kurash boshlamasa, kelasi besh yil ichida bu jinoiy tizim qoradori savdosidan ham o’tib ketadi.

Ayollarning jinsiy maqsadda pullanishi ortida qator sabablar bor.

“Xotin-qizlar savdosini asosan erkaklar tebratadi. Lekin ularni bu tizimga tanishtirayotgan omil bu qashshoqlik, imkonsizlik, zulm”, - deydi Viktor Malarek.

Dunyoning qay qismiga bormang, o’zini sotib kun ko’rayotgan ayollarni ko’rasiz. Eng qadimiy kasb.

Iqtisodiy krizis sharoitida o’qimishli xotin-qizlarning ayrimlari ish topolmay o’zini fohishalikka urmoqda, deydi bunga qarshi kurashuvchi idora rahbari Mark Lagon.

“Odamlarning o’z taqdirini birovning qo’liga topshirishiga, uning quliga aylanishiga asosiy sabab bu iqtisodiy yetishmovchilik. Bundan boshqa muhimroq sabab yo’q degan bo’lardim”.

Qulchilikni taraqqiyot yengadi deyish mumkin, ammo talabgorlar baribir topiladi.

“Barcha hukumatlar jinsiy savdoga qarshi siyosatini kuchaytirib, uyushgan jinoyatchilik ildiziga yetish uchun choralar ko’rishi kerak. Bu murakkab vazifa, ammo ayollarini hurmat qiladigan jamiyat ular savdosini yo’qota oladi,” – deydi Mark Lagon.

Talabni kamaytirish uchun bu xizmatlar taklif qiladigan maskanlarni yo’q qilish kerak, deydi mutaxassislar. Inson savdosiga qarshi kurashning yana bir yo’li bu ta’lim sohasini yaxshilash, odamlarni bu balodan ogoh qilish.

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG