AQShda 8 nafar o'zbekistonlik tovlamachilikda ayblanmoqda


AQSh Adliya vazirligiga ko'ra, 12 kishi mamlakatga noqonuniy ravishda muhojirlarni olib kirib, 14 shtatda majburan ishlatganlikda ayblanmoqda. Ularning 8 nafari O'zbekiston fuqarolari.

Ularga, shuningdek tovlamachilik, nikoh va boshqa hujjatlarni soxtalashtirish aybi ham qo'yilmoqda. Hozircha 8 kishi hibsga olingan.

Missuri shtati prokurori Mat Vitvortning aytishicha, ayblanuvchilar soxta viza bilan AQShga kirgan yuzlab muhojirlar hujjatlarini olib qo'yib, ularga do'q-po'pisa qilib, arzon ishchi kuchi sifatida foydalangan. Aksariyati Yamayka, Dominikana Respublikasi va Filippindan chiqqan immigrantlar mehmonxona, qurilish va boshqa sohalarda ishlagani aytiladi.

Maxsus agent Jeyms Gibbonsning aytishicha, ayblanuvchilar ishchilari maoshini ushlab qolgan, ularni zamonaviy qullarga aylantirgan. Ular jinoyatlarni 2001 yildan beri amalga oshirgan, deydi u.

XS
SM
MD
LG