Breaking News

AQSh: Xitoyning bu yerdagi moliyaviy manfaatlari joyida


Pekinda AQSh –Xitoy orasida iqtisodiy muzokaralar avjida. Ikki davlat moliyaviy inqirozdan hamkorlikdagi bizneslar qancha zarar ko’rganini sarhisob qilmoqda.

AQSh Moliya vaziri Timoti Gaytner ertaga Xitoy prezidenti va bosh vaziri bilan uchrashadi.

Bugun esa u Pekin Universitetida so’zlagan. Gaytner 1980-yillarda bu oliygohda ta’lim olgan.

“Amerika va Xitoy zimmasiga”, - deydi y, “global iqtisodiyotni oyoqqa turg’azishdek ulkan vazifa yuklangan”.

“AQSh va Xitoy krizisdan chiqsa, bilingki, jahonning boshqa qismlarida ham iqtisod jonlanadi”,- deydi Gaytner.

Inqirozga qaramasdan Amerika iqtisodiyoti hamon dunyodagi eng qudratli tizim, ammo uning biznes sektorida Xitoy eng katta ulushga ega. Uning qo’lidagi qimmatbaho qog’ozlar qiymati qariyb 768 milliard dollarga teng. Gap bu yerda sarmoya va qarz haqida ketmoqda.

So'nggi oylar davomida Xitoy rasmiylari, biznes doiralari va kompaniyalari ko'rilayotgan zarardan shikoyat qilib, Amerika hukumatini turli cheklovlarda ayblay boshlagan.

Obama ma’muriyati nazarida Xitoyning bu davlatdagi moliyaviy manfaatlari joyida.

“Ortiqcha xavotirga hojat yo’q, iqtisod tiklanar ekan, Xitoy sarmoyadan foyda olaveradi”,- deydi Moliya vaziri Timoti Gaytner.

XS
SM
MD
LG