Breaking News

AQSh Livandagi saylov natijalarini olqishlamoqda


AQSh Davlat departamentining yuqori lavozimli rasmiysiga ko'ra, Livanda G'arbga moyil "14 mart" koalitsiyasining parlament saylovlaridagi g'alabasi Qo'shma Shtatlar tomonidan olqishlangan. Ismini oshkor etishni istamagan rasmiyning aytishicha, saylov natijalari Eronga xayrixoh Hizbulloh harakati ta'sirini susaytiradi.

Saylovdan oldin Hizbulloh foydasiga qilingan bashoratlar o'z aksini topmagan va "14 mart" koalitsiyasi parlamentdagi 128 o'rindan 71 tasini qo'lga kiritgan. Hizbullohdan 57 deputat saylandi.

Davlat departamenti so'zlovchisi Ian Kelli saylov natijalarini haqiqiy mustaqillik tomon muhim qadam deb atab, Qo'shma Shtatlar suveren va mustaqil Livanni qo'llab-quvvatlashda yordam beradi degan.

"Hozir Livanda yangi hukumat tuziladi. Bu jarayon tashqi aralashuvsiz bo'ladi degan umiddaman," deydi Kelli.

"14 mart" koalitsiyasi rahbari Saad al-Xaririning aytishicha, yangi hukumatga Hizbulloh a'zolari ham taklif qilinadi, biroq ularga veto qo'yish uchun yetarli miqdorda vazirliklar berilmaydi.

Hizbulloh harbiy qanotga ega siyosiy partiya bo'lishga intilayotgan bir paytda saylov natijalari, deydi Davlat departamenti rasmiylaridan biri, uning bu da'volarini chipakka chiqargan.

Hizbulloh AQShning terrorchi tashkilotlar ro'yxatida turadi. "Agar harakat qurollarini topshirib, oddiy siyosiy partiyaga aylansa, AQSh uni ro'yxatdan olib tashlashi mumkin," deydi ismini oshkor etishni istamagan rasmiy.

Hizbulloh rahbari Hasan Nasrulloh mag'lubiyatni tan olib, raqiblarini g'alaba bilan tabriklagan. "Biz saylov natijalarini tan olamiz" deydi u.

XS
SM
MD
LG