Breaking News

Tahlilchilar: Eron-O'zbekiston aloqalarini ta'riflash qiyin


Eron Markaziy Osiyo va Afg’oniston bilan aloqalarni mustahkamlash harakatida. Biroq tahlilchilar nazarida O’zbekiston-Eron aloqalarini ijobiy yoki salbiy deb aniq ta’riflash qiyin.

Sharhlovchilar fikricha, so’nggi paytlarda butun dunyoda bo’lgani kabi Eronda ham erkinlik, ozodlik kabi qadriyatlarga e’tibor kuchaygan.

“Yoshlar o’rasida qattiqqo’l rejimga nisbatan toqatsizlik kuchli ekani ko’p aytilmoqda. Qolaversa, Eronda iqtisodiy vaziyat ham havas qilarli emas. Prezidentlikka nomzod Mir Husayn Musaviy boshchiligidagi islohotchilar Eronnibg xalqaro tashkilotlar bilan munosabatlarini yaxshilashga harakat qilishmoqda. Yoshlar islohotchilar uchun ovoz beradigan bo’lsa, bu Fors ko`rfazidagi umumiy vaziyatni o`zgartirishi mumkin”, - deydi siyosiy sharhlovchi Abduvali Soyibnazarov.

Islohotchilar Eron prezidentining xalqaro miqyosdagi keskin siyosati, zaif iqtisodiyotda tanqid qilib chiqmoqda.

Sharhlovchilar nazarida Eron mintaqadagi geosiyosiy vaziyatga faol aralasha boshlagan. Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a`zo bo`lishga intilmoqda.

“Eroning bu harakatiga mintaqa qanchalik xayrixohlik bildirmasin, vaziyat murakkab. Tehronga nisbatan sanksiyalar yumshatilmagan. AQSh, BMT bilan aloqalarda ham hali aniq o`zgarish yo`q. Shunday ekan, Eronning tashabbusi muvaffaqiyat qozonadi deyishga hali erta”, - deydi sharhlovchi Farhod Tolipov.

Eron va O’zbekiston aloqalari so`nggi yillarda bir qadar iliqlashgan. O`zbekiston 1990-yillarda Eronga nisbatan sanksiyalar joriy etilishini yoqlab chiqqan edi. Keyinchalik Muhammad Hotamiy prezidentlikka kelib, munosabatlarda tiklanish kuzatildi.

O'zbekiston Eron orqali o`z yuklarini dengizga olib chiqadi, Eron MDH davlatlariga yetkazayotgan mollarini O`zbekiston orqali olib o`tadi. Sharhlovchilar deydiki, Eron bilan siyosiy munosabatlar yaqin yoki ziddiyatli deyishga ham asos yo`q.

“Iqtisodiy, savdo aloqalarini rivojlantirish uchun harakatlar bor, lekin siyosiy aloqalarda asosan ehtiyotkorlikni kuzatish mumkin,” - deydi Soyibnazarov.

Eron atom quroliga ega bo`lishi mumkinligi xalqaro jamoatchilik e`tiborida turgan asosiy, bahsli masala. Mintaqa davlatlari bu borada o'z pozitsiyasini bildirmagan.

XS
SM
MD
LG