AQSh havo kuchlari Manasni tark etishga tayyor


AQSh havo kuchlari Qirg’izistonning Manas aerodromini bo’shatishga tayyor.

2001 yil oxiridan beri Afg’onistondagi harbiy harakatlarda muhim rol o’ynab kelayotgan baza Qirg’iziston hukumati talabi bilan 18 avgustgacha yopilishi kerak.

Amerika rasmiylarining aytishicha, Manasdagi barcha vositalar ko’chirila boshlagan.

Hozirda Tojikiston va O'zbekiston orqali Afg'onistonga noharbiy yuk yetkazilmoqda. Rossiya ham bu borada AQShga yordam taklif qilmoqda.

Pentagon mintaqada yangi baza ochish niyati yo'qligini ta'kidlasa-da, Markaziy Osiyo davlatlari harbiy hamkorlikni mustahkamlashga urinmoqda.

XS
SM
MD
LG