O'zbek-qirg'iz chegarasida nazorat kuchli, savdo sust, aholi norozi


O’zbekiston-Qirg’iziston chegarasida xuruj va otishmadan bir oy o’tib, hozir vaziyat tinch.

Ammo ikki davlat munosabatlarida sovuqlik ko’zga tashlanmoqda. Bu, ayniqsa, chegaradan kunda o’tayotgan savdogar, ischi va, umuman, aholi hayotiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda.

O’zbek-qirg’iz chegarasi Andijon viloyatida sodir bo’lgan hodisalardan keyin yopilgan edi.

Rasmiy bayonotda O’zbekiston hukumati ushbu voqealarni tashkil qilgan guruhlar Qirgizistondan kelgan degan edi. Qi’rgiziston Chegara xizmati O’zbekiston rasmiylari tarqatgan bayonot noto’g’ri, deb aytmoqda.

7 iyun’ kuni O’zbekiston chegarachilari qorasuvlik savdogar Usmonov Ulug’bekni otib oldirgan, bu ikki davlat orasida ziddiyatni kuchaytirdi.

Qirg’izistonliklar O’zbekiston hukumatining rasmiy versiyasiga ishonchsizlik bilan qarashmoqda:

“O’ylamaymiz ham. Urush qilish uchun uyimizda eski teshamiz ham yo’q. Portlatlatganlar qayerdan kelganini bilmaymiz. Qirg’iziston qilgan emas bu ishni.”

Chegara bu hafta boshida ochildi va uni bosib o’tish punktlarida va bojxonalarda tekshiruv, nazorat kuchaytirilgan. Chegara ochilganiga qaramay, ikki davlatlararo savdo va almashuv hanuzgacha sust. Qirg’izistoning eng katta bozorlaridan biri - Qorasuvda vaziyat keskin:

“Juda qattiq ta’sir qilayapti. Odamlar kelgan qo’ygan bozorga. Marhamatgacha bo’lgan yo’lni kavlab, o’tmaydigan qilib tashlagan. O’zimizning qirg’izistonliklar xarid qilayapti faqat. Savdo 60-70 foizga kamaygan.”

Xavfsizlikni kuchaytirish uchun qabul qilingan amaliy ishlar faqatgina Qirg’iziston fuqarolariga emas, balki O’zbekiston aholisiga ham qiyinchilik tug’dirdi:

“O’zlari ham qiynalib qolgan. Bizda, Qirg’izistonda meva-cheva pishguncha ularnikini yeb turardik. Bizga vitamin, bola-chaqa sog’lom o’sadi. Endi o’zbekistonlik dehqonlar,savdogarlarni o’tkazmay qo’ygan, mahsuloti ham eskirib, kimga sotishini bilmaydi”.

Chegara ochilishiga qaramay, ikki davlat munosabatlarida sovuqlik sezilmoqda. Andijondagi hodisalardan so’ng O’zbekiston hukumati Qirg’iziston bilan chegara xavfsizligini kuchaytirish maqsadida 4 metr chuqurlikda transheya-oralarni qazishni boshlab, bugungi kunga bu ish yakunlandi.

Qir’giz Chegara xizmati xabariga ko’ra, bu ishlar ikki davlat tomonidan qabul qilingan kelishuvlarga zid. Qir’qiz hukumati O’zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga norozilik notasini jo’natdi. Amo o’zbek rasmiylari javob qaytarmagan.

XS
SM
MD
LG