Inson savdosiga qarshi kurash ko'r-ko'rona olib borilmoqda


Global maydonda eng yirik haqida ko’pchilik biladi, ammo uning qanday olib borilishi, ko’rinmas alomatlari va asoratlari haqida jamoatchilik yetarlicha tasavvurga ega emas.

O’zbekistonda hukumat inson savdosi dolzarb muammo ekanini tan oladi va so’nggi yillarda o’nlab fuqarolar bu noqonuniy biznesda aybdor deb topilib, qamoq jazosiga hukm qilingan.

Lekin masala bilan yaqindan tanish mutaxassislar diqqatni bu biznesga turtki berayotgan, odamlarni unga yetaklayotgan muammolarga qaratishga urinmoqda.

O`zbekistonda odam savdosiga qarshi xalqaro konvensiya ratifikatsiya qilingan. Bu borada qonunchilik ishlab chiqilgan. Bu baloga qarshi kurashish uchun milliy dastur qabul qilingan.

Jamoatchilik nazarida odam savdosining bosh sababi –nochorlik. Bu esa, deydi faollar, davlat e’tiboridan chetda qolayotgan masala.

Odam savdosiga qarshi milliy dastur deb fuqarolar asossiz ravishda ayblanayotgani va qamalayotgani kuzatiladi.

“Ezgulik” inson huquqlari jamiyati vakili Abdurahmon Tashanovning aytishicha Bosh prokuratura qoshida komissiya tashkil qilingan va mutasaddilar bu dastur samarasini ko'rsatish uchun har narsaga tayyor.

“Odamlar esa ayovsiz ravishda ana shu kampaniya qurboniga aylanmoqda. Chunki hamma narsa bir-biriga bo`gliq. Migratsiya masalasi bor. Lekin asosiy sababi qashshoqlik. Qashshoqlik darajasi qancha yuqori bo`lsa, odam savdosi shuncha ko`payadi”, - deydi u.

Britaniya elchixonasida qo`riqchi bo`lib ishlagan Ortiq Qayumov odam savdosida ayblanib 6 yil qamoq jazosiga hukm qilingan.

Qayumov Rossiyda ish topish istagidagi qashqadaryolik hamqishloqlariga Toshkentdagi firmalardan biriga murojaat qilishni maslahat beradi.

Bu firma orqali Rossiyadagi zavodlardan birida ish topgan qashqadaryoliklar ish haqlarini olisholmaydi. Ular O`zbekistonga qaytgach, ichki ishlar boshqarmasiga murojaat qiladi.
Bu paytga kelib esa ularni ishga yo`llagan firma yopilgan. Ortiq Qayumov hibsga olinadi.

“Uning bu ishga hech qanday aloqasi yo`q. Ishni ko`rgan advokatalr ham shunday deyishayapti. Faqat unga iltimos bilan kelishgan, u o`sha firmani ko`rsatgan”,- deydi Ortiq Qayumovning xotini Mohira Qayumova.

“Odam savdosiga qarshi kurash deb, siyosiy maqsadlarda erimni qamashyapti”, - deydi u.

Mohira Qayumovaning aytishicha uning turmush o’rtog’ini Britaniyaga ayg`oqchilikda ham ayblashmoqchi bo`lishgan.

“Hech qanday asossiz, faqat uch yil avval Britaniyada o`qigani uchun unga shunday ayb qo’yishga harakat qilishdi”, - deydi u.

Abdurahmon Tashanov singari huquq himoyachilari nazarida odam savdosiga qarshi boshlangan kampaniya ko’r-ko’rona olib borilmoqda va erkinliklarni cheklash uchun yana bir bahona.

“Migratsiyaga sal daxli bor odamlarning hammasini qamashayapti. Masalan, qishloqdan birov kelib, sizni yoki meni so’rasa, tamom, ularni ham olib ketishayapti. Chetda ishlab kelgan odamlarni yoki bu yerda turib bir maslahat berganlarni ham qamashayapti”, - deydi Tashanov.

Qirg`izistonda ma’lum qilinishicha O`shda fohishalik bilan shug`ullanayotgan qizlarning 70-80 foizi o`zbekistonlik.

Ularning ayrimlari aldov bilan olib ketilgan bo`lsa, boshqalari iqtisodiy nochorlik bois ixtiyoriy ravishda fohishalikka rozi bo`lgan.

Mehnat muhojirlari Rossiya va Qozog`istonda qullikka tushayotgan bo`lsa, ko’plab o’zbek ayollari dunyoning turli mamlakatlarida bu biznes qurbonlari va zo’ravonlikka uchramoqda.

Odam savdosiga qarshi boshlangan kurash ishsizlik va qashshoqlikka qarshi choralarni ham o’z ichiga olishi, xolis olib borilishi kerak, deydi faollar.

XS
SM
MD
LG