Tolibon va al-Qoida safida yuzlab o'zbeklar borligi aytilmoqda


Pokiston armiyasi mamlakat shimoli-g'arbida, Afg'oniston bilan chegaradosh qabilaviy hududlarda Tolibonga qarshi janglarni davom ettirmoqda.

Mintaqada yurgan jangarilar orasida markaziy osiyoliklar, xususan o'zbeklar bor.

Yaqinda Vaziriston janubidagi to'qnashuvda singari mahalliy jurnalistlar fikricha harakatga sodiq shaxslar yuzlab sonlarda hamon mintaqada izg'ib yuribdi.

"O'zbek jangarilarining vatanga borib keladigan yashirin yo'llari bor",- deydi tahlilchi.

Ehtimol, deydi u, Pokistondan Eron va yerdan Turkmaniston orqali O'zbekistonga yoki Pokistondan Afg'oniston orqali to'g'ri O'zbekistonga.

Bugun qonli janglar kechayotgan hududlarni aslida Pokiston hukumati idora etmaydi. Boshqaruv azaldan asosan qabila oqsoqollari qo'lida.

"Tolibonni quvvatlovchi guruhlar O'zbekiston Islomiy Harakati sarqitlarini o'z qanoti ostiga olgan", - deydi jurnalist.

Ahmad Rashid deydiki, O'zbekiston Islomiy Harakati mayda guruhlarga bo'linib, boshqalar bilan chatishib, ko'p jihatdan o'zgargan. Lekin uning nazarida bu to'dalar hamon tinchlikka tahdid.

"Gap sonda emas, mafkurada",- deydi Ahmad Rashid.

Jangarilar terror xurujlari uyushtirishga, o'zbek va qo'shni xalqlar yoshlari orasidan yangi a'zolar yollashga, nochor odamlarning ko'ngliga yo'l topib, ularni zo'ravonlikka undashga harakat qiladi.

Pokiston hukumati taxminicha o'zbek va markaziy osiyolik boshqa jangarilar 4000 atrofida. Armiya so'zlovchisi Axtar Abbosning aytishicha Vaziriston janubida 600 ga yaqin o'zbek bo'lishi mumkin va ular Baytulloh Mas'ud, Tolibonning mahalliy yetakchisiga bo'ysunadi.

Axtar Abbosning qayd etishicha shu oy o'rtalarida Makin tumanida qariyb 30 o'zbek jangari yo'q qilingan. Tohir Yo'ldosh jarohatlangani haqidagi ma'lumotlar mahalliy odamlardan kelgan.

Bajaur tumanida esa al-Qoida qo'mondonlaridan biri Qori Ziyo Rahmon halok bo'lgan.

Pokiston rasmiylari markaziy osiyolik jangarilar Tolibon bilan bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilmoqda desa-da, bu hududdan chiqqan va qabilaviy oldi-berdi bilan yaxshi tanish, jangarilar va mahalliy aholi orasidagi munosabatni kuzatib kelayotgan mutaxassislar bu nazariyani rad etadi.

"O'zbeklar Pokistonning bu qismlarida ko'pchilikni tashkil etuvchi pushtular bilan chiqisha olmay keladi. Tolibon safida pushtular ko'pligini hisobga olsak, o'zbek jangarilariga nisbatan nafrat kuchli",- deya sharhlaydi "Amerika Ovozi" pushtu tilidagi dasturlari muharriri Nafis Takar.

Takarning o'zi shu hudud farzandi. O'zbeklarning mintaqada jangari sifatida yurganiga 15 yildan oshdi, deydi u. Pokistonda ularning yangi avlodlari voyaga yetmoqda, o'ziga xos jamoa vujudga kelgan.

"Baytulloh Mas'ud uchun ular jangchilar xolos. O'zbeklar mahalliy aholi orasida kallakesarlar sifatida tanilgan. Ekstremistlarning o'zi buni mahalliy axborot vositalariga ochiq aytadi. Amerikaning agenti yoki G'arbning malagi deya birorta odamning kallasi olinsa, odamlar bu o'zbeklarning ishi deb gumon qiladi",- deydi Nafis Takar.

Tohir Yo'ldosh al-Qoida yetakchiligi tomonidan qanday baholanadi, lavozimi nima, buni bilish qiyin, ammo Tolibon u va boshqa o'zbek jangarilardan foydalanayotgani sir emas.

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG