Tojikistonda Salafiylar oqimi rahbari, yana 40 kishi qamoqda


Tojikistonda taqiqlangan Salafiylar guruhi rahbari Mullo Sirojiddin va yana 40 kishi qamoqqa olingan.

Ular kecha Dushanbedagi masjidda ushlangan.

Rasmiylarning aytishicha, guruh Tojikistonda radikalizmni targ’ib qilib, islomiy tuzum o’rnatishni maqsad qilgan.

Ichki ishlar vazirligi bayonotiga ko’ra, aybdor deb topilsa, ular 12 yilga qamalishi mumkin.

So’nggi yillarda mamlakatda Salafiylar oqimi kuchga to’lib, hozirda 20 ming a’zosi borligi aytilmoqda. Aksariyati yosh yigit-qizlar.

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG