Nazarboyev: Qozog'iston Eronga uran uzatayotgani yo'q


Qozog'iston rahbarining aytishicha uning davlati Eronga yadroviy ashyo yoki moddalar sotmoqchi emas.

Nursulton Nazarboyev 30 iyun kuni Ostonada Isroil prezidenti Simon Peresni qabul qilgan.

Muloqot chog'ida Peres Nazarboyevga "Eronni uran bilan ta'minlamang" deya murojaat qilgan.

Qozog'iston rahbari "davlatimiz Eronga uran eksprt qilmagan, qilmayapti va qilmaydi ham" deb javob bergan.

Nazarboyev yadroviy qurollar va materiallar jahon tinchligiga raxna soladi va Qozog'iston ulardan xoli dunyoda yashashni istaydi deya ta'kidlagan.

Qozog'iston Isroil va Falastin yonma-yon, tinchlikda, bir-birini tan olgan holda mustaqil yashash huquqiga ega deb biladi. Shimon Peres bilan muzokaralarda bu pozitsiya qayd etib o'tilgan.

XS
SM
MD
LG