Obama sog'liqni saqlash tizimi islohotga muhtoj demoqda


AQSh prezidenti sog’liqni saqlash tizimini isloh qilishni taklif qilar ekan, hukumat tomonidan moliyalanadigan sug’urta dasturi mohiyatini yana bir bor xalqqa tushuntirdi.

23 iyul kunidagi tele-murojaatida Barak Obama yangi dastur sug’urtasi yo’q amerikaliklarga as qatadi, arzon va sifatli tibbiy xizmatni ko’zlaydi, dedi. Bugun Amerikada 47 million kishida tibbiy sug’urta yo’q.

"Bu islohot har bir oila, har bir biznes va har bir soliq to’lovchi uchun muhim. Odamlar hayoti xavf ostida ekan, gapni cho’zmay aniq qaror qabul qilish kerak. Islohotlar vaqti yetdi", - dedi Obama Amerika xalqiga qilgan murojaatida.

Respublikachilar olib borayotgan siyosatni tanqid qilar ekan, prezident Obama, "menga achchiq qilaman deya islohotlarga yo’q desangiz, butun xalq hayotini xavf ostiga qo’yasiz," - dedi.

Kongressdagi respublikachilar sardori Jon Boener, prezident taklif qilayotgan dastur, hukumatning xalq hayotiga haddan tashqari aralashuvini ko’zda tutgani uchun qarshimiz, dedi.

"Fikrimcha, amerikaliklar sog’liqni saqlash tizimi butunlay hukumat ixtiyoriga o’tishini istamaydi, va hozirgi taklif qilinayotgan dasturni ko’pchilik hush ko’rmayapti", - deydi Boener.

Kechagi matbuot anjumanida Barak Obama o’z dasturini yoqlab, "islohot zarur, 14.000 yaqin odam har kuni tibbiy sug’urtasidan mahrum bo’lmoqda", - dedi. Prezidentga ko’ra, sog’liqni salqash xarajatini tejab, byudjet kamomadidan qutulib bo’lmaydi. Obama Kongressdan avgust oyigacha qaror qabul qilishni so’radi.

"Bizning siyosatda muhlat bilan ish qilimasa, maqsadga erishish juda qiyin. Har bir qaror bilan barchani ham baxtli qilib bo’lmaydi", - deydi prezident.

XS
SM
MD
LG