Yevropa: Qirg'iz saylovlari xalqaro normalarga javob bermadi


Qirg’izistonda amaldagi prezident g’alabasi bilan yakunlangan saylovlar muxolifatning keskin tanqidlariga duch kelmoqda.

Qurmanbek Bakiyev, saylov komissiyasining dastlabki hisob-kitobiga qaraganda, 85 foizdan oshiq ovoz to’plagan.

Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti ham saylov jarayoniga past baho bergan. Tashkilot kuzatuvchilariga ko’ra, saylov xalqaro normalarga javob bermadi, jarayonda ko’plab qonunbuzarliklar kuzatildi.

Saylovchilar ro’yxatida imzolar takror uchragani, ba’zilar bir necha martalab ovoz bergani shular jumlasidan. Qurmanbek Bakiyev targ’ibot-tashviqot ishlarida davlat resurslaridan foydalanganlikda ayblanmoqda.

Prezidentlikka nomzodlar Almazbek Atambayev va Janishbek Nazaraliyev poygani tark etib, saylov qayta o’tkazilishini talab qilmoqda. Janubiy Qirg’izistondagi jamoatchi muxbirimiz Ulug’bek Sokin bilan suhbatni tinglang.

XS
SM
MD
LG