Breaking News

Tojikiston, Pokiston jangarilarga qarshi hamkorlik qiladi


Pokiston va Tojikiston prezidentlari mintaqa tinchligi yo’lida yaqindan hamkorlik qilishga kelishib olgan.

Prezidentlar Osif Ali Zardariy va Emomali Rahmon Dushanbeda gaplashgan. Bugun Tojikiston harbiylari Afg’oniston bilan chegarada yetakchi jangari Nemat Azizovni o’ldirgan.

Afg’onistonda prezident saylovlari arafasida Tojikiston chegarani mahkamlamoqda.

Ertaga Dushanbeda mintaqaviy xavfsizlikka doir sammit rejalangan. Unda Afg’oniston, Pokiston, Rossiya rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda. Bundan tashqari, davlatlar energiya ta’minoti bo’yicha umumiy bozor istiqbolida ham to’xtaladi.

XS
SM
MD
LG