Breaking News

Tezkor qo'shin va harbiy baza masalasi hamon ochiq


Qirg’izistonda Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi norasmiy sammitida Rossiya boshliq tezkor qo’shin tuzish masalasi ko’rilmoqda. Unda O'zbekiston prezidenti Islom Karimov ham qatnashmoqda.

Tashkilotga a’zo davlatlar o’tgan oy umumiy qo’shin yaratishga kelishib olgan edi. Tahlilchilar bu tuzilmani NATOga raqib kuch deya ta’riflagan.

Ammo Belarus va O’zbekiston tashabbusni shubha bilan qarshi olmoqda. Sammitda Rossiyaning Qirg’izistonda yana bir harbiy baza ochish rejasi ham tilga olinishi mumkin.

Biroq taxminlarga ko’ra, rasmiy Bishkek bunga ko’nmoqchi emas. Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasiga Armaniston, Belarus, Qozog’iston, Qirg’iziston, Rossiya, Tojikiston va O’zbekiston a’zo.

XS
SM
MD
LG