Checheniston, Dog'istonda qotilliklar - faollar nishonda


Chechenistonda yetim bolalar va urush jabrdiydalariga yordam berib kelayotgan xayriya tashkiloti rahbari Zarima Sadullayeva va uning turmush o’r’tog’i Alik Jabroilov Grozniyda noma’lum shaxslar tomonidan olib ketilib, bir necha soat o’tgach, ularning jasadlari topilgan.

Sadullayeva va eri otib o’ldirilib, o'z mashinasining yukxonasiga tashlab ketilgan, deydi militsiya xodimlari.

O’tgan oy inson huquqlari faoli Natalya Estemirova ham noma’lum to’da qo’lida halok bo’lgan edi.

Bugun, shuningdek, Dog’iston poytaxti Maxachkala yaqinida bir yengil mashinadan avar jurnalisti Malik Ahmedilovning jasadi chiqqan. Avtomobil, ma’lumotlarga ko’ra, jurnalistniki.

Har ikki respublikada tekshiruvlar boshlangan. Marhumlarning yaqinlari qotilliklarda hukumatdagilarning qo’li bor deb chiqmoqda.

XS
SM
MD
LG