Tojikistonda hukumatdan norozi odamlar islomdan tasalli izlamoqda


Markaziy Osiyoda islomiy oqimlar kuchaygani, ayniqsa, Qirg’iziston va Tojikistonda jangarilar harakatlari faollashgani haqida xabarlar bor.

Tojikiston shimolida qo’lga olingan O’zbekiston Islom Harakati olti a’zosi ustidan sud jarayoni davom etmoqda.

Tojikistonning Isfara tumanidan bo’lgan bu yigitlar, ularning sardori Anvar Qayumov yil boshida Afg’oniston poytaxti shahrida qo’lga tushirilganidan so’ng hibsga olingandi.

Ularga odam o’ldirish, qurol saqlash, jinoiy guruh tashkil etish va soxta hujjatlarni tayyorlash kabi ayblovlar qo’yilgan.

Bundan tashqari, shu yil Tojikistonda “Hizb-ut-Tahrir”ning 10 dan ortiq, “Salafiya” va “Jamoati Tablig’” kabi islomiy harakatlarning 50 dan ortiq a’ozlari qamoqqa olingan edi.

Tojikistonlik tahlilchi jurnalisti Ne’matullo Mirsaidov respublikada islomiy jangarilar borligini aytadi.

“Tojikiston shimoli va Qirg’iziston janubida o’tayotgan amaliyotlar bir-biriga bog’liq”, - deydi Mirsaidov.

Istravshan tumanidan bo’lgan o’zbek olimi Sherali Saydaliev yoshlarning yashirin niyatli guruhlarga qo’shilishini mafkuraviy bo’shliq, ishsizlik bilan izohlaydi.

“Yoshlarga yangi mafkura yetib borgani yo’q. Mantiqsiz… Ikkinchidan ishsizlik… Diniy oqimlar ortida turgan odamlar hokimiyat uhun kurashmoqda. O’zlari qayoqqa ketayotganidan bexabar yoshlar esa iqtisodiy jihatdan ularga qo’shilmoqda,- deydi Saydaliev.

Hukumat barcha diniy oqimlarga dushmanlarcha qarab, to’g’ri qilmayapti, deydi tojik yozuvchisi Bobojon Ikromov.

“Odamlarni qamoqqa olish va jazolash ko’payib, natijada O’zbekiston, Tojikiston va Qirg’izistonda kundan-kun bunday guruhlar a’zolari oshmoqda. Bu odamlar butun Markaziy Osiyo hukumatlari siyosatiga qarshi. Ular respublikalar o’rtasidagi tarqoqlik va zaiflikdan mohirlik bilan foydalanmoqda”, - deydi Ikromov.

Ba’zi tahlilchilar nazarida Tojikistonda hukumat Islom Uyg’onish Partiyasi a’zolariga bosim o’tkazishda davom etayotgani bois radikal qarashdagilar yanada ko’payishi mumkin.

Partiya faoli Naimjon Sameyev hukumat partiya rasman ro’yxatga olinganini ko’ra-bila turib, a’zolarini qamoqqa olganini aytadi. Qishloq jamoati raisi milisiya xodimlariga ushlangan odam legal patiya a’zosi ekanini aytgan bo’lsa-da, bunga e’tibor berilmagan.

Tojikistondagi kollejda katta o’qituvchi Jalolxon Saidov respublikada yoshlarning islomiy harakatlarga qo’shilib ketayotgani sababini davlat mafkurasining bo’shligi bilan tushuntiradi.

“Biz huquqiy, dunyoviy, demokratik davlat quramiz deymiz-u, uning mafkurasi na u yoqli, na bu yoqli”, - deydi Saidov.

XS
SM
MD
LG