Turkmaniston yoshlarni xorijga chiqarmay qo'ygan


Turkmanistonda xorijda o’qishni istagan yoshlar katta to’siqlar bilan yuzlashmoqda.

"Hukumat xususiy oliygohlarda o’qiyotgan talabalarni vatanidan chiqarmay qo’ygan",- deyiladi inson huquqlari bo’yicha Human Rights Watch tashkiloti bergan ma’lumotda.

Qozog’iston, Qirg’iziston, Rossiya, Turkiya, Qo’shma Shtatlar va boshqa davlatlarda bilim olayotgan turkmanistonliklar yangi o’quv yilini boshlay olmagan.

Sabab, deydi rasmiylar, zarur hujjatlar ko’rsatilmagan, jumladan oliygohdan taklifnoma, universitetning qonuniy ilm maskani ekani haqida isbot-dalil va ularning moliyaviy manbalari xususida to’liq hisobot.

“Yoshlardan bunday ma’lumotlar talab qilishga hukumatning haqqi yo’q”,- deya bayon qilmoqda huquq tashkiloti.

Human Rights Watch nazarida “Turkmanistonda boshqaruv u xush ko’rmagan oliygohlar yoki mamlakatlarda o’z yoshlar o’qimasligini ta’minlash uchun shunday nomaqbul qarorlar bilan chiqmoqda. Fuqaro erkinliklarini poymol etmoqda”.

Turkmanistondan qancha yosh chet elda ekani, qanchasi o’qishga qaytib bora olmagani tasdiqlanmagan, ammo huquq himoyachilari ular yuzlab sonda demoqda.

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG