Breaking News

Prezident Obama yadro qurollari ahvolini tekshirishni buyurdi


"Nyu-York Tayms" gazetasidagi maqolaga ko'ra, AQSh va Rossiya o'rtasidagi Strategik qurollarni qisqartirish bitimi yil oxirida o'z kuchini yo'qotar ekan, uni yangilash bo'yicha muzokaralar davom etmoqda. Prezident Barak Obama AQSh arsenalidagi yadro qurollari ahvolini tekshirishga buyruq bergan. Ba'zi qurollarning bugungi zamon talabiga javob berish-bermasligi va ularni saqlash zarurati ham o'rganiladi.

Ikki davlat uzoq masofali qurollarga qo'yilgan cheklovlarni kelasi 7 yil ichida 2200 dan bir yarim minggacha, ularni harakatga keltiruvchi moslamalarni esa 1600 dan 500-1100 donagacha tushirishga kelishmoqda.

Jahonda shuncha yadro quroli bo'la turib, qanday qilib barqarorlik haqida gapirish mumkin, deydi ba'zi kuzatuvchilar. Ulardan biri Deril Kimbolga ko'ra, yadro qurollari himoya vositasi bo'lishi kerak xolos, buning uchun esa ko'p qurol bo'lishi shart emas, deb yozadi "Nyu-York Tayms".

XS
SM
MD
LG