Breaking News

Pokistonda o'zbek jangari lideri o'ldirilgan


Pokiston rasmiylarining aytishicha, mamlakat shimoli-g’arbida AQSh havo hujumidan Al-Qoida qo’mondoni Iyos Kashmiriy va o’zbek jangari lideri Najmiddin Jalolov halok bo’lgan.

Kashmiriy “Harakat ul Jihodi Islomiy” guruhi a’zosi va sobiq prezident Parvez Musharrafga suiqasd qilishga urinlanlikda ayblanar edi.

Najmiddin Jalolov esa O’zbekiston Islomiy Jihod Ittifoqi asoschisi edi.

U 2004 yilda Toshkentda portlashlar uyushtirganligini tan olgan. Keyingi paytlarda internetda propagandani kuchaytirib, Al-Qoida yetakchilari bilan yonma-yon o’tirib, O’zbekiston, Markaziy Osiyoning boshqa qismlarida va Turkiyadagi yoshlarni jihodga chorlagan.

XS
SM
MD
LG