Qozog'istonda mustaqil gazeta yopilishi mumkin


Qozog’iston Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotiga raislik qilish taraddudida ekan, mamlakatda tanilgan haftalik mustaqil gazeta yopilishi mumkin.

“Respublika” nashri amaldagi siyosatni tanqid ostiga olib kelayotgan yagona manbalardan biri edi.

Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti huquq va erkinlikni targ’ib qiluvchi blok ekani hisobga olinsa, deydi uning maxsus vakili Miklosh Xarashti, Qozog’istonda matbuot organi mavhum ayblovlar ostida ishdan to’xtatilgani fojiali holdir.

Sud gazetani davlatga tegishli BTA Bank haqida noto’g’ri ma’lumot berganlikda aybdor deb topib, unga 400 ming dollar jarima to’lashni buyurgan.

Gazeta muharririyati yuqori sudga murojaat qilmoqchi va o'zini korrupsiyaga botgan tuzum qurboni deya atagan.

Shu yilning o'zida Qozog'istonda jurnalist va axborot vositalariga nisbatan 14 tergov ishi ochilgan. Ularning aksariyatida matbuot xodimlari rasmiylarni haqorat qilganlikda, tuhmat va yolg'on ma'lumotlarda ayblanadi. Jurnalistlarning aytishicha esa amaldorlar tanqidga toqat qilmaydi va ularni javobgarlikka tutish ko'p hollarda jinoyat sifatida ko'riladi.

XS
SM
MD
LG